11:08 / 25.01.2019
4 851

Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari Prezident tomonidan taqdirlandi

Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari Prezident tomonidan taqdirlandi
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov mamlakat terma jamoasini Osiyo kubogida ko‘rsatgan ulkan natijasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Davlat mukofotlari bilan taqdirlash borasida farmoyish chiqardi.

Qirg‘iziston futbol federatsiyasi prezidenti Sultonov Semetey Alimboyevich "Dank" medali bilan, terma jamoa bosh murabbiyi Krestinin Aleksandr Sergeyevichga "Danaker" ordeni bilan, QRFF birinchi vitse-prezidenti Salimbekov Asqar Matqobilovich esa III darajali "Manas" ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ko‘plab xodimlarga turli xildagi unvonlar, orden va medallar berilgan bo‘lsa, bir qator futbolchilarga esdalik soatlari taqdim etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari Prezident tomonidan taqdirlandi