12:25 / 25.01.2019
5 472

Shohjahon Ergashev WBA reytingida ko‘tarildi

Shohjahon Ergashev WBA reytingida ko‘tarildi
O‘tgan 2018 yilning dekabr oyida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tgan jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruizni (32, 11 KO, 17, 2 KO) birinchi raundda, 18 soniyada nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.

Mazkur jangdan so‘ng joriy yilning ilk oyida Jahon boks assotsiatsiyasi "WBA" yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) jadvalning 5-o‘rnidan joy oldi. Avval u ushbu jadvalning yettinchi pog‘onasida borayotgan edi.

Mazkur reyting jadvalining kuchli uchligida Mario Barrios (AQSh), Botir Ahmedov (Rossiya), Hiroki Okada (Yaponiya) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining 16-jangini 15 fevralda Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi. Unda bokschimiz amerikalik yengilmas bokschi Mikal Foksga (19-5-0)qarshi ringga ko‘tariladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev WBA reytingida ko‘tarildi