20:27 / 25.01.2019
3 827

Qatar sensatsiya qayd etib, Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordi

Qatar sensatsiya qayd etib, Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, birinchi bo‘limda koreyslar faolroq harakat qilishdi. Biroq tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida qatarliklar bir qator xavfli hujumlarni tashkil qilishdi, biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay ustunlik yana nominal mezbonlar tomoniga o‘tdi. Lekin sharqiyosiyoliklar imkoniyatlarini golga aylantira olishmadi.

79-daqiqada Abdulaziz Hatim olis masofadan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas koreyaliklar javob to‘pini kiritishdi, biroq bu offsayd tufayli inobatga olinmadi.
Shu tariqa, Qatar termasi o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi yarim finalchisiga aylandi.

Osiyo Kubogi-2019
Chorak final
Janubiy Koreya – Qatar 0:1 (0:0, 0:1)
Gollar:
0:1 – 79 Hatim
Janubiy Koreya – Kim Shin Gyu, Kim Min Je, Kim Chin Su, Li Yon, Kim Yon Gvon, Chu Se Jon (Chi Don Von, 82), Chon U Yon, Hvan In Byom (Ku Cha Chhol, 74), Li Chon Yon, Son Hin Min, Xvan Iy Cho.
Qatar – Al-Sheb, Tariq Salmon, Al-Hajriy, Pedru Migel, Al-Roviy, Salmon, Xuxi, Hatim, Afif, Al-Moaz Ali, Holid.
Ogohlantirishlar: Kim Min Che (9), Hatim (37), Al-Roviy (40), Chon U Yon (51

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar sensatsiya qayd etib, Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordi