20:47 / 25.01.2019
3 713

Shohjahon Ergashev: "Keyingi jangim WBA kamari uchun kechadi"

Shohjahon Ergashev: "Keyingi jangim WBA kamari uchun kechadi"
Xabar berganimizdek, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini 15 fevral kuni o‘tkazadi.
Shohjahon shu kuni AQShning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tariladi. Foks 19ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. 23 yoshli Foks 5ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

“15 fevral kungi jangimda ham muddatidan avval g‘alaba qozonishni istayman. Bu g‘alaba men uchun juda ham muhim. Boisi, keyingi jangim juda katta ehtimol bilan chempionlik kamari uchun kechadi. Menga Relixning kamari kerak”, - dedi Shohjahon.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev ayni paytda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozirda belaruslik Kiril Relix ushbu yo‘nalish chempioni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: "Keyingi jangim WBA kamari uchun kechadi"