21:14 / 25.01.2019
3 755

Qirg‘iziston prezidenti milliy jamoa vakillarini taqdirladi (foto)

Qirg‘iziston prezidenti milliy jamoa vakillarini taqdirladi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Sharipovich Jeenbekov BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogida birinchi marta ishtirok etib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan milliy jamoa vakillari bilan uchrashdi.
Qirg‘iziston prezidenti Osiyo Kubogida munosib qatnashgan milliy jamoa a’zolarini maxsus sovg‘a va ordenlar bilan taqdirladi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestininga "Danaker" ordeni topshirildi. Bu mukofot do‘stlik, tinchlik o‘rnatishda katta xissa qo‘shganlar uchun beriladi.

Qirg‘iziston futbol federatsiyasi prezidenti Sultanov Semetey, terma jamoa futbolchilari Baymatov Azamat, Kashuba Valeriy, Kichin Valeriy, Lyuks Vitaliy va Murzayev Mirlanga "Dank" medali topshirildi. Bu davlat xizmatida sezilarli natijaga erishganlarga beriladi.


Futbolchilarga 2 mln. somlik sertifikat topshirildi va terma jamoaning har bir vakiliga (shifokor, murabbiy va texnik xodimlarga ham) qimmatbaho soat sovg‘a qilindi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirg‘iziston prezidenti milliy jamoa vakillarini taqdirladi (foto)