22:12 / 25.01.2019
3 326

Roberto Karlos bilan matbuot anjumani 28 yanvar kuni tashkil etiladi

Roberto Karlos bilan matbuot anjumani 28 yanvar kuni tashkil etiladi
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos 28 yanvar kuni poytaxtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.

Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.

Shundan keyin braziliyalik futbolchi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalarini mazkur tadbirlarni yoritishga va matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos bilan matbuot anjumani 28 yanvar kuni tashkil etiladi