23:13 / 25.01.2019
3 922

Osiyo Kubogida yana bir sensatsiya! BAA termasi Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Osiyo Kubogida yana bir sensatsiya! BAA termasi Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan BAA va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv avstraliyaliklarning qator hujumlari bilan boshlandi, taym mobaynida ustunlik “kengurular” tomonida bo‘ldi. Biroq tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham “yashil qit’a” vakillarining bosimida boshlandi, biroq gol urish amirliklarga nasib etdi.
68-daqiqada Milosh Degenek himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, buning natijasida Ali Mabxut raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va uni ham aldab o‘tib, hisobni ochdi.

Qolgan vaqtda Avstraliya terma jamoasi vakillari kuchli bosimni tashkil qilishdi, biroq bundan samara bo‘lmadi.
Shu tariqa, o‘yindagi bitta xato tufayli avstraliyaliklar turnirni tark etishdi. BAA esa so‘nggi yarim finalchiga aylandi. Ular final yo‘llanmasi uchun Qatar bilan kuch sinashishadi.

Osiyo Kubogi-2019
Chorak final

BAA – Avstraliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 68 Mabxut.
BAA – Essa, Faris Juma, Volid Abbos, Muhammad Ahmad (Halifa Al-Hammadiy, 18), Ahmad Ismoil, Bandar Muhammad, Ma’jid Hassan, Salmin, Ismoil Matar (Abdurraxmon, 52), Ali Mabxut, Al-Hammadi (Rashid, 88).
Avstraliya – Metyu Rayan, Milosh Degenek, Trent Seynsberi, Aziz Bexich, Mark Milligan, Jekson Irvin, Rayan Grant, Kris Ikonomidis, Yannu, Jeymi Maklaren (Lekki, 60), Robbi Kruz (Aver Mabil, 73).
Ogohlantirishlar: Kruz (44), Al-Hammadiy (61), Abbos (78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogida yana bir sensatsiya! BAA termasi Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi