06:49 / 26.01.2019
5 141

Yaqin orada o‘zbekistonlik futbolchilar turk klublarida paydo bo‘lishi mumkin

Yaqin orada o‘zbekistonlik futbolchilar turk klublarida paydo bo‘lishi mumkin
O‘FA va PFL vakillari Turkiyada mamlakat futboli bilan yaqindan tanishib, tajriba o‘rganish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazishayotgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Bugun Otabek Imomov va Omon G‘ofurov "Galatasaroy" klubi bilan yaqindan tanishishdi. "Galatasaroy" prezidenti Mustafo Jengiz O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv davomida "Galatasaroy" klubi skautlari O‘zbekistonga taklif etildi. Ular mamlakatimizga tashrif buyurib, futbolchilarimizni ko‘zdan kechirishadi va iste’dodli futbolchilar Turkiya klubiga ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi. Yaqin orada o‘zbekistonlik futbolchilar Turkiya klublarida paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, "Galatasaroy", "Beshiktosh" kabi klublar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Bunday o‘rtoqlik o‘yinlari Turkiya va O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Turk futboli bilan hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan uchrashuvlar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaqin orada o‘zbekistonlik futbolchilar turk klublarida paydo bo‘lishi mumkin