10:08 / 26.01.2019
3 399

Grem Arnold: "Futbolda gol urilmasa barchasi bekor"

Grem Arnold: "Futbolda gol urilmasa barchasi bekor"
Osiyo Kubogi-2019 chorak finali doirasidagi BAA - Avstraliya (1:0) uchrashuvidan so‘ng Grem Arnold o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bitta qo‘pol xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay shogirdlarim bilan faxrlansam arziydi. Bu musobaqaga olib kelgan jamoa safida ko‘plab yosh futbolchilar bor edi. Ular katta tajriba orttirishdi deb o‘ylayman.

Futbolchilarning o‘yiniga, harakatiga e’tirozim yo‘q. Lekin afsuski gol ura olmadik. Futbolda gol urilmasa barchasi bekor. Oxirgi ikki o‘yinda to‘p kirita olmadik. Demak, hujum chizig‘i ustida ko‘proq o‘ynashimiz kerak.

O‘zbekiston bilan bahsda 120 daqiqa o‘ynab gol ura olmagandik. Shu bois bugun o‘yinni ikki hujumchi bilan boshladik. Bundan tashqari zaxiradan ham faqat hujumkor futbolchilarni maydonga tushirdim.

Ushbu musobaqadan kelishdan oldin qaysi bosqichga chiqishni istagandik? Yana chempion bo‘lishni xohlagan edik. Afsuski chorak finalda to‘xtadik. Yana qaytarib aytaman futbolchilarim bilan faxrlanaman. O‘ylaymanki kelajakda bu jamoa bilan yaxshi natijalar qayd etamiz. O‘z ishimdan qoniqdim. Endi bor e’tiborimiz JCh-2022 saralash o‘yinlariga qaratiladi", - deydi Grem Arnold.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grem Arnold: "Futbolda gol urilmasa barchasi bekor"