10:30 / 26.01.2019
3 458

Alberto Dzakkeroni: "BAA uchun tarixiy g‘alaba bo‘ldi"

Alberto Dzakkeroni: "BAA uchun tarixiy g‘alaba bo‘ldi"
Osiyo Kubogi-2019 chorak finali doirasidagi BAA - Avstraliya (1:0) uchrashuvidan so‘ng Alberto Dzakkeroni o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun tarixiy g‘alabaga erishdik. Katta yutuq bo‘ldi. Avstraliya amaldagi chempion hisoblanadi. Qolaversa juda ham kuchli jamoa. Shunga qaramay biz ularni musobaqadan chiqarib yubordik va bundan xursandmiz.

O‘yin juda keskin kechdi. Jarohatlarga boy bo‘ldi. Oxirgi 15 oyda juda ko‘p shogirlarim jarohat olishdi. Ammo bugun kim tayyor bo‘lsa shular maydonga tushdi va o‘zlarini ko‘rsatib yarim finalga chiqishimizga munosib xissa qo‘shishdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilarim bilan faxrlanaman.

Biz har bir o‘yinda oxirigacha kurashamiz. Bugungi bahsda ikki futbolchim jarohat oldi va majburiy o‘zgarishni amalga oshirdik.

Agar jamoam yutqazsa har qanday tanqidga tayyorman. Muhimi har bir o‘yindan tug‘ri xulosa chiqarish kerak. Agar taktik tomonlama yaxshi o‘ynalsa, jamoa o‘z maqsadiga erishadi.
Shu o‘rinda muxlislar va Osiyo Kubogini yoritayotgan matbuot vakillariga rahmat aytaman.

Bugun qo‘shimcha vaqt bo‘lganida nima bo‘lardi? Bu biz uchun qiyin bo‘lardi. Chunki biz texnik o‘yin namoyish etamiz, Avstraliya esa jismoniy harakatga tayanib o‘ynaydi. Shu bois biz charchab qolardik, raqib esa charchamasdi va buning oqibatida g‘alabaga erishishi mumkin edi.

Keyingi o‘yinimiz Qatarga qarshi kechadi. O‘ylaymanki bu bahs ham o‘ziga yarasha qiziq bo‘ladi. Ertadan raqibni o‘rganishni boshlaymiz. Yarim finalda maydonga tushadigan futbolchilarim o‘zini ko‘rsata oladi deb umid qilaman", - deydi Alberto Dzakkeroni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alberto Dzakkeroni: "BAA uchun tarixiy g‘alaba bo‘ldi"