Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson isteʼfoga chiqdi.
70 yoshli shvetsiyalik Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, oʻz lavozimini tark etdi. Musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan filippinliklar Eriksson qoʻl ostida Janubiy Koreya (0:1), Xitoy (0:3) va Qirgʻizistonga (1:3) yutqazib, guruhda soʻnggi oʻrinni egalladilar.
Mutaxassis faoliyati davomida “Benfika”, “Roma”, “Fiorentina”, “Latsio”, “Manchester Siti”, “Shanxay Dongʼya” klublari, shuningdek Angliya, Meksika va Kot-dʻIvuar terma jamoasida ishlagan.
Avvalroq, Osiyo Kubogida ishtirok etgan Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevas, Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Pissi va Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi isteʼfoga chiqarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi