21:11 / 26.01.2019
7 440

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futboli rivojiga toʻsqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qoʻyilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qoʻl urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi, deb xabar berdi OʻFA matbuot xizmati.

Endi, tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, futbol rivojiga toʻsqinlik qiladigan taʼmagirlik, korrupsiya, porxoʻrlik, kelishilgan oʻyinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz boʻladi.

Tashkilot oʻtgan yildagidan farqi oʻlaroq, endi faqatgina oʻz inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. Yaʼni, futbol rivojiga toʻsqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan OʻFA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi.

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, OʻFA yoki PFLda faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa-da, oʻzi qonunlarga zid ish koʻrayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 18 yanvar kuni PFL Sport boʻlimi mutaxassisi tamagirlik ustida ushlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi