12:34 / 27.01.2019
3 878

"Paxtakor": Lobanov va Tojiyev ham Bekobodga "uchirma" qilindi

"Paxtakor": Lobanov va Tojiyev ham Bekobodga "uchirma" qilindi
"Paxtakor" bir qator futbolchilari bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi. Jamoamiz safida oxirgi mavsumlarda eng tajribali futbolchiga aylangan, ko‘p marta O‘zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchgan Kamoliddin Tojiyev erkin agent sifatida "Metallurg"ga ko‘chib o‘tdi. Klub rahbariyati va muxlislar nomidan Tojiyevga "Paxtakor"dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev va Abbos Otaxonov esa bekobodliklar safiga transfer qilindi. Shuningdek, Suhrob Nurulloyev va Ibrohim Yo‘ldoshev "Metallurg"ga ijaraga berildi. Biz ushbu futbolchilarga yangi jamoalaridagi faoliyatlari omadli chiqishini tilab qolamiz.

Manba: pakhtakor.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor": Lobanov va Tojiyev ham Bekobodga "uchirma" qilindi