Ertaga jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi

  • 27 yanvar 2019, 19:56
  • 1 113
  • Sport
  • Ertaga jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi
    Ertaga 28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi. Braziliyalik jahon chempioni joylashgan samolyot soat 09:30 da Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"ga qo‘nadi. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.

    Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.

    Soat 15:00 da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00 da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

    Manba: www.ufa.uz

    » » Ertaga jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyuradi