08:48 / 28.01.2019
3 347

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-01/1548647268_3e7483bc9f33b50dc17a763f8edd5e64.jpg[/img] Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Latsio» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda turinl

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-01/1548647268_3e7483bc9f33b50dc17a763f8edd5e64.jpg[/img] Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Latsio» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda turinl
Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Latsio» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda turinliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv maydon egalarining ustunligida boshlandi, tanaffusga qadar ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq birinchi bo‘limda darvozalar dahlsiz qoldi.

56-daqiqada Emre Jan burchakdan uzatib berilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. 74-daqiqada Joao Kanselu darvozabondan qaytgan to‘pga aniq zarba berib, muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng turinliklar bosimni yanada oshirishdi, bu esa o‘yin yakunlanishi arafasida o‘z samarasini berdi.

Krishtianu Ronaldu 88-daqiqada penaltini aniq bajarib, mehmonlarga g‘alabani olib keldi. Qolgan vaqt davomida rimliklar hisobni tenglashtirishga erisha olmadilar.
Shu tariqa, «Yuventus» ochkolarini 59taga yetkazib oldi va eng yaqin ta’qibchisidan 11 ochkoga ilgarilab ketdi.
A Seriya, 21-tur
Latsio – Yuventus 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 59, avtogol Jan, 1:1 – 74 Joau Kanselu, 1:2 – 88, penalti Ronaldu.
Latsio – Strakosha, Bashtush (Netu, 90), Uolles, Radu, Parolo, Milinkovich-Savich, Lulich, Korrea, Luis Alberto (Berisha, 81), Leyva, Immobile (Kaysedo, 82).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi (Kellini, 41), Aleks Sandro, De Shilo, Rugani, Bentankur, Djan, Matyuidi (Bernardeski, 60), Duglas Kosta (Joau Kanselu, 70), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Jan (24), Leyva (49), Matyuidi (49), De Shilo (70), Rugani (73), Milinkovich-Savich (80), Kellini (80).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » [img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-01/1548647268_3e7483bc9f33b50dc17a763f8edd5e64.jpg[/img] Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Latsio» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda turinl