15:22 / 28.01.2019
3 940

Roberto Karlos O‘FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi (foto)

Roberto Karlos O‘FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi (foto)
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. "Real" klubining sobiq a’zosi dastlab O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do‘ppimiz sovg‘a qilindi.


Shundan so‘ng, braziliyalik jahon chempioni yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeyev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roщin, Rustam Umarov, Shuhrat Maqsudov kabi futbolchilardan tashkil topgan "Paxtakor" va O‘zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p tepdi. Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.

Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg‘alar taqdim qildi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos O‘FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi (foto)