17:15 / 28.01.2019
5 282

Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Azizbek Turg‘unboyevning sirli transferi borasida fikr bildirdi

Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Azizbek Turg‘unboyevning sirli transferi borasida fikr bildirdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Azizbek Turg‘unboyevning transferi borasida chigal vaziyat yuzaga kelgan. Shu holat bo‘yicha "Navbahor" klubi muxlislari O‘FA birinchi vitse-prezidentiga murojaat bilan chiqishdi. Qolaversa, ko‘pchilik ishqibozlar MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning maslahatchisi sanalgan Xayrulla Hamidovdan mazkur vaziyat borasida fikrlarini bilmoqchi bo‘lib unga yuzlanishdi. U esa quyidagicha javob berdi.

- Telegram orqali namanganlik futbol ishqibozlari Umid Ahmadjonovga qilingan videomurojaat haqida fikrimni so‘rashyapti. Telegram akkauntim notanish so‘rovlarga to‘lib ketdi, shu bois, javobimni shu yerdan berib qo‘ya qolaman:

Bunday murojaat futbolni suygan, futbolchisini ardoqlagan muxlislar tomonidan amalga oshirilganiga shubham yo‘q, lekin hozirda hammaning e’tibori qaratilgan jiddiy masala qonunan hal qilinishi kerak, deb o‘ylayman. Muxlislar baribir o‘z jamoasi manfaati uchun kurashadilar, ularning xitobiga hurmat bilan qarash kerakdir, ammo muammoni o‘rtada turganlar hal qilishlari lozim.

Umid qilamanki, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyati bu muammoni ipidan ignasigacha o‘rganadi, shartnomalar o‘rtasida turgan barcha mulozimlarni yuzlashtiradi va oxirida ADOLATLI qaror chiqaradi. Aks holda, murojaatlar davom etadi va muammo yanada chigallashaveradi.
Men ham aynan shu tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng fikr bildirsam to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirda aysberg singari bo‘y cho‘zib turgan muammoning pastki qismi qanchaligini bilib bo‘lmayapti, - dedi Xayrulla Hamidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Azizbek Turg‘unboyevning sirli transferi borasida fikr bildirdi