20:56 / 28.01.2019
4 611

Osiyo kubogi. Yaponiya yarim finalda Eronni tor-mor keltirdi

Osiyo kubogi. Yaponiya yarim finalda Eronni tor-mor keltirdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan Eron va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvning dastlaki bo‘limi teng kurashlar ostida kechdi va vaziyatlarga boy bo‘lmadi.

O‘yinning 56-daqiqasida forslar himoyada kulguli xatoga yo‘l qo‘yishdi, Takumi Minamino raqib jarima maydoni yonida yiqildi va uning atrofidagi barcha eronlik futbolchilar negadir hakamga e’tiroz bildirib to‘xtab qolishdi. Bundan foydalangan futbolchi to‘pni qarshiliksiz jarima maydoniga uzatdi va u yerda Yuya Osako boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Murtazo Puraliganji o‘z jarima maydonida qo‘l bilan harakat qildi va hakam forslar darvoza tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Osako aniq bajarib, jamoasining va o‘zining ikkinchi golini urdi.

Ushbu gollardan so‘ng forslarning o‘yini butkul yo‘qoldi va “samuraylar”ning hujumlari yanada xavfli tus ola boshladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Genki Xaraguchi o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, Yaponiya Osiyo Kubogining birinchi finalchisiga aylandi. Yaponlar 1 fevral kungi finalda Qatar – BAA uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs yuritadi.

Osiyo Kubogi-2019
Yarim final
Eron – Yaponiya 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar:
0:1 – 56 Osako, 0:2 – 67, penalti Osako, 0:3 – 90+2 Xaraguchi.
Eron – Beyronvand, Puraliganji, Hojisafi, Muhammadiy, Kanonizodagon, Amiri (Ansarifard, 58), Ibrohimiy, Jahonbaxsh (Torabi, 71), Dejagoh (G‘oddos, 71), Rizoyan, Azmun.
Yaponiya – Gonda, Yoshida, Tomiyasu, Nagatomo, Endo (Shiotani, 60), Xaraguchi, Shibasaki, Minamino, Doan, Sakai (Muroya, 73), Osako.
Ogohlantirishlar: Amiri (24), Ibrohimiy (44), Sakai (46), Azmun (90+4), Nagatomo (90+4).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Yaponiya yarim finalda Eronni tor-mor keltirdi