Keyrush OUT! U Eron terma jamoasidan ketmoqchi

  • 28 yanvar 2019, 22:42
  • 2 179
  • Sport
  • Keyrush OUT! U Eron terma jamoasidan ketmoqchi
    Xabaringiz bor bundan bir necha daqiqalar oldin Osiyo kubogining dastlabki yarim finalida Eron terma jamoasi Yaponiyaga (3:0) yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

    O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush terma jamoadan ketishiga sha’ma qildi.
    “Bugun birgina xato bizga qimmatga tushdi. Eng kuchli jamoa bugun g‘alaba qozondi. Futbolchilarga shu kungacha ko‘rsatgan chiroyli o‘yinlari uchun rahmat aytaman. Ular umrimning so‘nggiga qadar yuragimda qoladi.

    Tushunishga harakat qilinglar, bu yakun edi. Bosh murabbiy sifatida xursandman, chunki barchasini o‘z uslubimda amalga oshirdim”
    , - deydi portugaliyalik mutaxassis.
    Eslatib o‘tamiz, Keyrush 2011 yildan buyon Eron terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

    » » Keyrush OUT! U Eron terma jamoasidan ketmoqchi