20:53 / 29.01.2019
3 436

Nurmagomedov va Makgregor Nevada sudi bilan kelishuvga erishdi

Nurmagomedov va Makgregor Nevada sudi bilan kelishuvga erishdi
UFC jangchilari Habib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor Nevada shtati atletik komissiyasi bilan UFC 229 jang oqshomida yuzaga kelgan janjal boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Las Vegas Review-Journal xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 29 yanvar, seshanba kuni boʻlib oʻtadigan komissiya yigʻilishida ikkala sportchining vakillari ishtirok etmaydi. Mazkur ishga daxldor Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov ham sud eshittirishiga kelmaydi. Shuningdek, ular ham Nevada shtati sudi bilan kelishuvga erishgan.

Bugun besh kishidan tashkil topgan komissiya kelishuv shartlarini qabul qilish (yoki rozi boʻlmaslik)uchun ovoz beradi. Mazkur ishga aloqador barcha shaxslar har qanday holatda ham diskvalifikatsiyaga uchraydi va maʼlum miqdorda jarimaga tortiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov va Makgregor Nevada sudi bilan kelishuvga erishdi