07:27 / 30.01.2019
4 327

Xabib Nurmagomedov 9 oyga musobaqalardan chetlatildi

Xabib Nurmagomedov 9 oyga musobaqalardan chetlatildi
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin uning ishtirokida chiqqan toʻpolon uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatildi. Bunday qarorni ushbu ishni koʻrib chiqqan Nevada shtati atletik komissiyasi qabul qilgan.

Nurmagomedov, shuningdek, 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Komissiya Makgregorga nisbatan ham chora koʻrgan, u yarim yilga chetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan. Ikkala sportchi uchun ham diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 10 oktyabrdan boshlab hisoblanadi.

Nurmagomedovning diskvalifikatsiya muddati agar u bezorilikka qarshi yoʻnaltirilgan ijtimoiy dasturda ishtirok etsa, 3 oyga qisqartirilishi mumkin. Shu tariqa Xabib joriy yil aprelida yana oktagonga qaytishi mumkin boʻladi.

Xabib chetlatilishiga ijtimoiy tarmoqlarda izoh bergan. Jumladan, u instagramda “Barchasi yakunlangandan keyin meni uygʻoting”, deb yozgan.

Nurmagomedov shuningdek tvitterda qisqagina “Siyosat abadiy” degan yozuv qoldirgan. Koʻrinishicha, sportchi shu tariqa u va Makgregorga qoʻllangan jarima sanksiyalaridagi katta tavofut borligiga shaʼma qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov 9 oyga musobaqalardan chetlatildi