14:10 / 30.01.2019
4 742

Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi

Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi
OFK Osiyo Kubogi finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasini tasdiqladi.

1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan bahsga o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi.

Uchrashuv zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning tanlangan. VAR tizimini italiyalik Paolo Valeri boshqarsa, unga singapurlik Muhammad Taqi Bin Jahari va avstraliyalik Kristofer Bit yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi uchrashuv juma kuni Abu-Dabidagi «Zayed Sports City Stadium»da Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, final ishtirokchilari Ravshan Ermatovga begona emas. O‘zbekistonlik referi qit’a birinchiligi davomida guruh bosqichidagi Suriya – Falastin va Eron – Iroq bahslarida, pley-offda esa Yaponiya – Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya – Qatar uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishladi. Final o‘yini Ermatovning turnirdagi 5-o‘yini bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov Osiyo Kubogi finalini boshqaradi