Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Osiyo kubogi finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ertangi o‘yin Qatar futboli tarixidagi eng muhimi bo‘ladi. Futbolchilarim o‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Agarda biz g‘olib bo‘lsak, bu Qatar futbolidagi eng katta natija bo‘ladi.
Umid qilamanki, yana bir muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ladi. Bizda jamoaviy ruh bor va barcha birgalikda harakat qilmoqda.
Bizning turnirdagi asosiy maqsadimiz - kuchli raqobat ko‘rsatib, o‘zimizni nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishdan iborat edi. Ortda qolgan 6 o‘yinning barchasi 6 xil tarixga ega. Guruh bosqichida bosim yuqori edi va pley-offda bu narsa yanada ortdi.
Yaponiya ko‘p karra Osiyo chempioni bo‘lgan kuchli jamoadir. Biz ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini bilamiz. G‘alabaga erishishimiz uchun ertaga butun uchrashuv davomida diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?