08:05 / 01.02.2019
3 180

Xajime Moriyasu: "Ortiqcha hayajonsiz o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"

Xajime Moriyasu: "Ortiqcha hayajonsiz o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"
Ertaga Qatar va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida Osiyo Kubogi finali o‘tkaziladi.
O‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida yaponlar ustozi Xajime Moriyasu quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Ertaga g‘alaba qozonishni va bosh sovrin bilan uyga qaytishni xohlaymiz. Agar yutsak, buni o‘zim alohida bayram qilmayman, balki butun jamoa bilan birgalikda nishonlaymiz. Faqat shuni aytishim mumkin, uchrashuv juda qiyin bo‘ladi. Bungacha oltita o‘yin o‘tkazdik va hech biri oson bo‘lmadi".

"Qatar - kuchli jamoa, ular hali gol o‘tkazgani yo‘q. Bu jamoa 16 ta gol urdi, bu esa raqibning hujumi kuchli ekanidan darak beradi. Bugun kechki payt raqibni oxirgi marta diqqat bilan o‘rganib chiqamiz. Biz finalga chiqib bo‘ldik, endi ortiqcha hayajonlarsiz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Hamjihatlikda harakat qilsak, kubok bizniki bo‘ladi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xajime Moriyasu: "Ortiqcha hayajonsiz o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz"