Konte: «Real»ning taklifi og‘izni kuydiradigan darajada edi»

  • 01 fevral 2019, 00:02
  • 1 670
  • Sport
  • Konte: «Real»ning taklifi og‘izni kuydiradigan darajada edi»
    Italiyalik mutaxassis Antonio Konte «Real» klubi tomonidan taklif bo‘lganini tan oldi.

    «Real»ning taklifi og‘izni kuydiradigan darajada issiq kartoshkadek edi. Uni rad qilishni ma’qul ko‘rdim... Hamkorlik qilish imkoniyatimiz bor edi, ammo mavsum o‘rtasida jamoani qabul qilib olishni yoqtirmayman. Men yangi mavsum arafasida ish boshlashni ma’qul ko‘raman», – deb 49 yoshli murabbiy so‘zlarini keltirmoqda El Mundo Deportivo.

    Konte 2018 yil yozida «Chelsi»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Avvalroq u «Aretsso», «Bari», «Atalanta», «Siyena», «Yuventus» va Italiya terma jamoasida ishlagan.

    » » Konte: «Real»ning taklifi og‘izni kuydiradigan darajada edi»