Bugun final! Osiyo chempioni nomi ma’lum bo‘ladi

  • 01 fevral 2019, 11:30
  • 1 863
  • Sport
  • Bugun final! Osiyo chempioni nomi ma’lum bo‘ladi
    Bugun futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

    Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasi bilan musoboqa chempionligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
    Eslatib o‘tamiz, Yaponiya yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda arablar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, finalga yo‘l olgandi.

    Qatar terma jamaosi esa musobaqa mezboni BAA termasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini naqd qilgandi.
    Ma’lumot uchun, final bahsini o‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqaradi.

    Osiyo Kubogi—2019
    1 fevral, juma
    Final bahsi
    Yaponiya—Qatar 19:00

    » » Bugun final! Osiyo chempioni nomi ma’lum bo‘ladi