19:47 / 01.02.2019
8 086

O‘zbekiston boksi boshqa qo‘llarga o‘tmoqda... (foto)

O‘zbekiston boksi boshqa qo‘llarga o‘tmoqda... (foto)
O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, amalda federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Toshmatov iste’foga chiqariladi.

Kun.uz’ning Milliy olimpiya qo‘mitasidagi manbasi ma’lumot berishicha, 2 fevral kuni qo‘mitada yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va Sherzod Toshmatov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga yangi vitse-prezident tayinlanadi.

Manbaning aytishicha, bu lavozimni endi yirik tadbirkor Saken Jetibayevich Pulatov egallaydi.

Saken Pulatov
Foto: Kun.uz

Ma’lumot uchun, Saken Pulatov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. U uzoq yillardan buyon Toshkentning «Lokomotiv» klubi tizimida faoliyat ko‘rsatib keladi.

Qayd etish kerakki, Boks federatsiyasi prezidenti rasman bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hisoblansa-da, federatsiyani amalda birinchi vitse-prezident boshqaradi.

Sherzod Toshmatov
Foto: Boks federatsiyasi

Amaldagi vitse-prezident Sherzod Toshmatov boshqaruvi davrida (u 2014 yil noyabridan buyon boks federatsiyasida rahbarlik lavozimlarida ishlab keladi) o‘zbekistonlik bokschilar xalqaro maydonlarda yuqori natijalar qayd etishdi va O‘zbekiston bu sportda gegemon terma jamoalardan biriga aylandi. 2016 yilning yozida Rio-de-Janeyro Olimpiadasida jami 7ta medal bilan birinchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar terma jamoasi, 2017 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 10ta medal bilan birinchi, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida 7ta medal bilan birinchi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boksi boshqa qo‘llarga o‘tmoqda... (foto)