Bir oyda uchta «El-klasiko» ko‘ramiz endi

  • 01 fevral 2019, 20:17
  • 2 277
  • Sport
  • Bir oyda uchta «El-klasiko» ko‘ramiz endi
    Ispaniya Kubogining yarim finali ishtirokchilari o‘z raqiblarini bilib olishdi.
    Qur’a «Real»–«Barselona» va «Betis»–«Valensiya» juftliklarini aniqlab berdi. Final yo‘lidagi ilk bahslar katta ehtimol bilan 6 fevral, javob uchrashuvlari 27 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

    «El-klasiko»ning birinchi o‘yini «Kamp Nou»da, javob uchrashuvi «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi.

    Endilikda muxlislar keyingi bir oy ichida ketma-ket uchta «klasiko»ning guvohi bo‘lishadi. Prinsipial raqiblar dastlab keyingi haftaning chorshanba kuni kubok doirasida ro‘para kelishsa, fevral oxirida javob o‘yinini o‘tkazishadi. Finalga kim yo‘l olishini aniqlab olishgach, 2 mart kuni La Liganing 26-turi doirasida yana Madridda uchrashishadi.

    Kubokning final o‘yini Sevilyada, «Betis»ning uy stadioni «Benito Vilyamarin»da bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yingoh ilk marotaba mamlakat kubogining hali qiluvchi bahsini qabul qilmoqda.

    Ma’lumot uchun, «Barsa» va «Real» hozirga qadar Ispaniya kubogi doirasida 34 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning 15tasida kataloniyaliklar, 12tasida madridliklar g‘alaba qozongan, 7ta bahsda kuchlar teng kelgan.

    Copa del Rey'da bosh sovrin oxirgi 4 mavsumdan buyon «Barselona»ga nasib etmoqda. Bu seriya boshlanishidan avval, 2014 yilda «Real» Ispaniya kubogi sohibi bo‘lgan.

    » » Bir oyda uchta «El-klasiko» ko‘ramiz endi