21:53 / 01.02.2019
3 312

Qatar terma jamoasi hujumchisi Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi (video)

Qatar terma jamoasi hujumchisi Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi (video)
Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almuiz Osiyo Kubogi finalida Yaponiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi (o‘yin davom etyapti, hisob 2:0).
Bu 22 yoshli futbolchining musobaqadagi 9-goli bo‘ldi. Natijada, Almuiz Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi Kun.uz.
Avvalgi eng yaxshi natija Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Daiyga tegishli bo‘lib, 1996 yilda u 8 ta gol urgan edi.

Qayd qilish joizki, qatarliklar yarim himoyachisi Akrom Afif finalda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umumiy hisobda esa unda 10 ta golli uzatma bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar terma jamoasi hujumchisi Osiyo Kubogi rekordini o‘rnatdi (video)