Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)

  • 01 fevral 2019, 23:01
  • 1 395
  • Sport
  • Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)
    Biroz avval Osiyo kubogi-2019 ham o‘z nihoyasiga yetdi. Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" stadionida o‘tkazilgan final bellashuvida Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
    Final o‘yinidan so‘ng musobaqaning eng yaxshilari taqdirlandi.

    Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almoyez 9 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

    Bundan tashqari, finalda shedevr gol muallifiga aylangan Ali Almoyez Osiyo kubogi-2019ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

    Almoyezga sovrin bilan birga 30 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti taqdim etildi.


    Manba: championat.asia

    » » Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)