14:30 / 02.02.2019
4 179

Rasman: Sardor Azmun "Zenit" klubi a’zosiga aylandi

Rasman: Sardor Azmun "Zenit" klubi a’zosiga aylandi
"Rubin" hujumchisi Azmun "Zenit"ga o‘tdi. Bu haqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi. Kelishuvga ko‘ra, 24 yoshli eronlik 3,5 yil mobaynida piterliklar sharafini himoya qiladi.

Avvalroq, "Zenit" futbolchi uchun 12 million yevro atrofida tovon puli to‘lashi haqida ma’lumot berilgandi. Azmun Rossiyadagi 5,5 yillik ("Rubin", "Rostov") faoliyati davomida 154 uchrashuvda ishtirok etib, 42 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Bundan tashqari, Sardor Eron termasi safida 56 o‘yinda 28 ta gol urgan. Joriy mavsum Rossiya chempionatida Azmun 14 ta bahsda harakat qildi va 8 marta golli vaziyatlarda qatnashdi (4 ta gol, 4 marta assistent).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Sardor Azmun "Zenit" klubi a’zosiga aylandi