00:06 / 03.02.2019
5 654

Osiyo kubogidan so‘ng O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni qanday bo‘ladi?

Osiyo kubogidan so‘ng O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni qanday bo‘ladi?
Salkam bir oy davomida barcha futbol muxlislarining diqqat markazida bo‘lib kelgan Osiyo kubogi ham yakun topdi.

Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqada 1/8 finalga qadar yetib bordi va aynan ushbu bosqichda penaltilar seriyasida Avstraliyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

Xo‘sh, ushbu nufuzli turnirdan so‘ng termamizning FIFA reytingidagi o‘rni qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Footy Rankings Osiyo jamoalarining taxminiy hisob-kitobini qildi va yangi reytingni tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1275 ochko bilan 6 pog‘ona yuqorilab 89-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Shu tariqa Osiyodagi 12-jamoaga aylanadi.

Musobaqa g‘olibi bo‘lgan Qatar 38 pog‘ona yuqorilab Osiyoning 5-jamoasi bo‘ladi, umumiy reytingda esa 55-pog‘onaga chiqadi.
Reytingning to‘liq shakli bilan quyida tanishish imkoniga egasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogidan so‘ng O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni qanday bo‘ladi?