23:03 / 02.02.2019
6 222

Sardor Rashidov "Nasonal"da nechanchi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Sardor Rashidov "Nasonal"da nechanchi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
U "Lokomotiv"da 27-raqam ostida to‘p surgan edi.

BAAdagi Osiyo kubogi paytida Portugaliyaning “Nasonal” klubi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Sardor Rashidov yangi jamoasi safiga borib qo‘shilgani borasida xabar bergan edik. Hamyurtimiz yangi jamoasida 77-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, “Nasonal” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 3 fevral kuni Portugaliya Primeyra ligasi doirasida “Vitoriya Setubal” klubiga qarshi o‘tkazadi. Rashidov aynan mana shu uchrashuvda o‘z debyutini o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Nasonal” ayni damda 19 ta o‘yindan so‘ng 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov "Nasonal"da nechanchi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi