00:48 / 03.02.2019
3 385

Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga ega bo‘ldi

Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga ega bo‘ldi
Belgiyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha «International Belgian Track Meeting» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada 15 mamlakatdan 11 ta jamoa qatnashmoqda. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Olga Zabelinskaya, Yekaterina Knebeleva, Murod Xolmurodov kabi sportchilar bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bugun omnium poygalarida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya 192 ochko to‘plab eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lotte Kopetski (Polsha, 167 ochko) va Marta Yaskulska (Belgiya, 159 ochko)ga nasib etdi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga ega bo‘ldi