2 fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Parma»ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
Porugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionatining 22 ta uchrashuvida 17 ta gol urdi.
O‘tgan 13 yil mobaynida shu kunga qadar Turin klubidan faqatgina bir o‘yinchi bundan ko‘p gol urgan, deb xabar beradi Opta
U David Trezege bo‘lib, fransiyalik hujumchi 2005/06 yilgi mavsumda 22 turda 18 ta gol urgan. Mavsum oxiriga qadar esa David 23 ta gol urib, A Seriya to‘purarlar bahsida Luka Tonidan keyin 2-o‘rinni egallagan. Toni esa mavsumni 31 ta gol bilan yakunlagan.
13 yil avval «Yuventus» musobaqa jadvalida 91 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Modji ishi» tufayli chempionlikni 3-o‘yinda borayotgan «Inter» klubiga topshirgandi.
Hozirda turinliklar (60 ochko) musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Napoli»dan (51 ochko) 9 ochko ko‘p to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi