08:51 / 04.02.2019
3 546

"Real" qatorasiga 4-o‘yinda g‘alaba qozonib, "Atletiko" bilan farqni qisqartirdi

"Real" qatorasiga 4-o‘yinda g‘alaba qozonib, "Atletiko" bilan farqni qisqartirdi
Ispaniya chempionati 22-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.
"Real Madrid" o‘z maydonida "Alaves" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0. Gollarga Benzema, Vinisius Junior hamda Mariano Dias mualliflik qildi.

Shu tariqa, 3-pog‘onani band qilib turgan "Real" ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi va 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko Madrid" bilan farqni 2 ochkoga yetkazdi.
Yana bir o‘yinda "Eybar" o‘z maydonida "Jirona" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.

Real Madrid – Alaves 3:0
Gollar:
1:0 – 30 Benzema, 2:0 – 80 Vinisius Junior, 3:0 – 90 Dias.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Regilon, Odriosola, Nacho, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior (Isko, 87), Sebalos, Beyl (Asensio, 63), Benzema (Dias, 75).
Alaves – Pacheko, Maripan, Laguardia, Duarte, Vigaray, Pina, Manu Garsiya (Gvidetti, 81), Xoni Rodriges, Vakaso, Burgi (Rolan, 67), Kaleri (Aleks Blanko, 81).
Ogohlantirishlar: Laguardia (32), Burgi (54), Vakaso (74).

Eybar – Jirona 3:0
Gollar:
1:0 – 37 Penya, 2:0 – 46 Sharles, 3:0 – 57, penalti Sharles.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" qatorasiga 4-o‘yinda g‘alaba qozonib, "Atletiko" bilan farqni qisqartirdi