12:25 / 04.02.2019
3 551

Sulsher o‘yindan so‘ng nimalar dedi va nima uchun matbuot anjumanini erta tark etdi?

Sulsher o‘yindan so‘ng nimalar dedi va nima uchun matbuot anjumanini erta tark etdi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Lester" bilan o‘yindan (1:0) co‘ng quyidagicha fikr bildirdi.

"Yaxshiroq harakat qilishimiz mumkinligini bilardik, lekin har doim ham o‘ylagandek futbol o‘ynab bo‘lmaydi. O‘yinni nazorat qilishimiz mumkin edi. Qachonki kurashgan to‘plarimizda imkoniyat boy berilsa, hamma bir-birini o‘rnini to‘ldirib, yordam beradi. Chunki, maydonga bor kuchimizni tashlab ketishni reja qilgandik. Shuningdek, jarima maydonchamiz ichida qoyilmaqom himoyalanganimizni aytib o‘tishim zarur.

Bizni qo‘llab turgan muhlisalarimizga uch ochko har doim ishonch berishi kerak. Ular ko‘rsatgan o‘yinimizdan 100 foiz xursand emas, sababi bugungidan mazmunliroq o‘ynashimiz mumkinligini bilardik. Nima bo‘lganda ham bizni qo‘llab turganlarning barchasiga rahmat aytaman. Ular hozir jamoa uchun ajoyib ish qilishayotganliklarini bilishlari kerak. Bizning muxlislarimiz dunyoda har doim eng yaxshisi bo‘lib kelishgan va ular futbolchilar bilan birgalikda uyga borishga haqli", - deya Sulsher o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

E’tiborlisi, Sulsher matbuot anjumanini odatdagidan 20 daqiqa avval tark etdi. Ma’lum bo‘lishicha, norvegiyalik mutaxassis Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidagi raqibi bo‘lgan PSJ o‘yinini bevosita tribunadan kuzatib borish uchun Fransiyaga uchib ketdi. "Lion" va PSJ uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlandi. Mankunianliklarning o‘yini esa 21:00 atrofida tugaganidan xabaringiz bor.

P.S. Fransiya chempionatining markaziy uchrashuvlaridan biri deya e’tirof etilgan o‘yinda PSJ mag‘lubiyatga uchradi va chempionatdagi dastlabki muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher o‘yindan so‘ng nimalar dedi va nima uchun matbuot anjumanini erta tark etdi?