14:07 / 04.02.2019
7 045

Eldor Shomurodov mashhur Joze Mourino bilan (foto)

Eldor Shomurodov mashhur Joze Mourino bilan (foto)
«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov Instagram sahifasida portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan tushgan suratini joylashtirdi.

«Rostov» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, klub bugun qishki tanaffusdagi uchinchi yig‘inini o‘tkazish uchun Ispaniyaning Marbella shahriga jo‘nab ketmoqda. Yig‘in doirasida to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Shomurodov BAA mezbonligida o‘tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi uchta o‘yinda to‘rtta gol muallifi bo‘lgan edi. Avvalroq u «Rostov»ning transferga qo‘yiladigan futbolchilar ro‘yxatiga tushgani, unga Yevropa va Osiyoning bir qator klublaridan qiziqish borligi xabar qilingan edi.

Rostovliklar RPL birinchi davrasini 24 ochko bilan 7-o‘rinda yakunlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov mashhur Joze Mourino bilan (foto)