16:00 / 04.02.2019
7 872

Qatar termasi a’zolari chempionlik uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tarzda mukofotlandimi?

Qatar termasi a’zolari chempionlik uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tarzda mukofotlandimi?
O‘tgan hafta Qatar terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lib, o‘z tarixidagi eng katta yutuqni nishonladi. Ushbu muvaffaqiyat ortidan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat amiri Hamad bin Xalifa Ol-Soniy jamoa a’zolariga juda katta tuhfalar tortiq qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlarda Qatar termasining har bir futbolchisiga quyidagilar taqdim qilinishi aytiladi:
– Londonda kvartira;
– 2 mln funt sterling atrofida pul mukofoti;
– umrlarining so‘ngiga qadar to‘lanadigan oylik maosh;
– so‘nggi rusumdagi Lexus avtomashinasi;
– amir saroyida u bilan tushlik.

Katta ehtimol bilan ushbu ma’lumot mish-mish xolos. U dastlab, 2 fevral kuni Yaqin Sharq futbolini yorituvchi eronlik frilanser Sina Saymian tomonidan Twitter`da tarqatilgan. Bir qator resurslar, xususan «Fox Sports Asia» sayti ham unga iqtibos keltirgan holda ushbu yangilikni nashr etgan. Ammo ayni paytda Saymianning bu tvitini uning sahifasidan topish imkonsiz: u bu ma’lumotni o‘chirib yuborgan, shu bilan birga uning tvitiga javob yozgan tarmoqning boshqa foydalanuvchilaridan retvitlarni saqlab qolgan.

Ta’kidlash kerakki, Qatarning «Al-Jazeera» telekanali hamda ingliz tilida faoliyat yurituvchi eng yirik nashrlari – «The Peninsula», «Gulf Times», «Qatar Tribune» kabilarda bu haqda ma’lumot uchramaydi.

Shuningdek, yuqoridagi manbalarda Osiyo chempionlari qay tariqa mukofotlanishi borasida ham xabarlar yo‘q.

Fakt shuki, Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol-Soniy terma jamoani Doha aeroportida kutib olish uchun shaxsan o‘zi chiqqan. Qirollik oilasi va mamlakat rahbariyatining boshqa a’zolarining ham ishtirokida o‘tgan aeroportdagi tantanali marosimda delegatsiyani olib kelgan samolyot suv salyutlari bilan qarshi olingan, keyinroq pirotexnik salyutlardan ham foydalanilgan.

Shu bilan birga, harbiy orkestr madhiya ijro etgan, mamlakat harbiy havo kuchlarining Mirage rusumli ikkita qiruvchi samolyoti Doha osmonida namoyishli manevrlar o‘tkazgan, vertolyot amirning ulkan surati va Qatar bayrog‘ini olib uchgan, o‘ndan ortiq kichik samolyotlar havo paradida qatnashgan. Shundan so‘ng jamoa Osiyo kubogi bilan usti ochiq avtobusda Doha ko‘chalarini kezib chiqqan. Chempionlik sharafiga ulkan hajmdagi bayram torti va pochta markalari tayyorlangan.

Foto: Gulf Times

Foto: Gulf Times

Foto: Gulf Times

Foto: The Peninsula Qatar

Foto: The Peninsula Qatar

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar termasi a’zolari chempionlik uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tarzda mukofotlandimi?