22:50 / 04.02.2019
4 194

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi (foto)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi (foto)
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tilgandi. Ungacha terma jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Toshkentda yig‘in o‘tkazishga qaror qildi. Yig‘in davomida serbiyalik mutaxassis futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning imkoniyatlari va jismoniy holatlarini ko‘zdan kechiradi.

Toshkentdagi yig‘in 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi a’zolari Ispaniyaga yo‘l olib, o‘sha yerda yig‘inni davom ettirishadi. Ispaniyadagi yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bugun Lyubinko Drulovich va uning yordamchilari futbolchilar bilan dastlabki tanishuvni amalga oshirishdi. Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi turganligi, ushbu vazifani amalga oshirish uchun bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilish kerakligi aytib o‘tildi. Shuningdek, futbolchilarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, turli zararli odatlardan chetda bo‘lish kerakligi yana bir bor uqtirildi.

Toshkentdagi yig‘in davomida Olimpiya terma jamoasi a’zolari "Chig‘atoy" sport majmuasida va "Milliy" stadion mashg‘ulotlar maydonida jismoniy mashqlar olib borishadi.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi (foto)