11:58 / 05.02.2019
7 270

Bektemir Meliqoʻziyev qonidan doping topilgan

Bektemir Meliqoʻziyev qonidan doping topilgan
Boks boʻyicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyevning qonidan doping topilgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqoʻziyevning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab boʻlgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Bektemir Meliqoʻziyev Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan soʻnggi Oʻzbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bunga uning jarohati sabab qilib koʻrsatilgan.

Hozircha Meliqoʻziyevning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanksiyalar qoʻllanilgani borasida aniq maʼlumotlar yoʻq.
Ayni vaqtda Meliqoʻziyev mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqoʻziyev qonidan doping topilgan