20:17 / 05.02.2019
4 237

23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda. Yangi mavsumni O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan o‘yin ochib beradi.

Bilasiz, Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari sovrin uchun kurash olib borishadi.

Oldinroq xabar berilganidek, O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi va uchrashuv soat 15:00da start oladi.

Uchrashuvdan bir kun avval har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Shuningdek, o‘yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi va turli tadbirlar tashkil etiladi.

Qolaversa, mazkur o‘yinni yuqori saviyada tashkil etish borasida Respublika mahallalar kengashi tomonidan ham bir qator aksiyalar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘yin oldidan turli sovg‘a-salomlar ham taqdim etiladi. Shu kuni stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarni yana boshqa syurprizlar ham kutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi