07:56 / 06.02.2019
4 507

"Nasaf": Hammasi uchun rahmat, Odiljon!

"Nasaf": Hammasi uchun rahmat, Odiljon!
“Nasaf” futbol maktabini 2012 yilda tamomlab, avvalo yoshlarimiz tarkibida so‘ng esa asosiy tarkibimizda to‘p tepgan iqtidorli yarim himoyachimiz Odiljon Hamrobekov Toshkentning “Paxtakor” klubiga transfer qilindi.
Bundan buyon Odiljon “Paxtakor” klubi sharafini himoya qiladi.

Odiljon Hamrobekov jamoamiizdagi faoliyati davomida qator yutuqlarga erishdi. Shuningdek u mamlakatimizning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, katta zafarlarni qo‘lga kiritdi.

Birgina misol tariqasida uning 2018 yilda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritganligini aytib o‘tish joiz va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof ham etildi. U 2017 yildan milliy terma jamoamizga ham muntazam jalb etib kelinmoqda va shu paytgacha 9 marta rasmiy o‘yinlarda maydonga tushdi.

Tarbiyalanuvchimiz Odil Hamrobekovni kelgusida bundanda katta yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ishonamiz.

Odiljonga klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda barcha muxlislarimiz nomidan klubimizdagi faoliyati uchun kattadan-katta tashakkurlar bildiramiz va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Hammasi uchun rahmat, Odiljon!
"Nasaf" PFK jamoasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf": Hammasi uchun rahmat, Odiljon!