21:47 / 06.02.2019
4 348

«Real Madrid» «El-Klasiko» uchun qaydnomani e’lon qildi

«Real Madrid» «El-Klasiko» uchun qaydnomani e’lon qildi
«Real Madrid» Ispaniya Kubogining 1/2 final bosqichi dastlabki o‘yinida «Barselona» mehmoni bo‘ladi. «Qirollik klubi» ham mazkur bahs uchun o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.

Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jarohatidan tuzalib, yana safga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi La Liganing 22-turi doirasida «Alaves»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagandi (3:0).

Himoyachilar Daniel Karvaxal va Rafael Varan diskvalifikatsiya qilingani uchun «Alaves»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Ular ham qaydnomaga kiritilgan.
«Real» himoyachisi Xesus Valexo jarohati sababli «El-Klasiko»ni o‘tkazib yuboradi.

«Real Madrid» qaydnomasi:
Darvozabon:
Keylor Navas, Tibo Kurtua, Diyego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Serxio Regilon.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real Madrid» «El-Klasiko» uchun qaydnomani e’lon qildi