07:47 / 07.02.2019
4 605

Sardor Azmun Eron futbol federatsiyasini yolg‘onchilikda aybladi

Sardor Azmun Eron futbol federatsiyasini yolg‘onchilikda aybladi
Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun mamlakat futbol federatsiyasini yolg‘onchilikda aybladi.
Ma’lumki, Eron Osiyo Kubogi yarim finalida Yaponiyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, shu bilan musobaqani tark etdi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Karlush Keyrush o‘z lavozimini tark etdi hamda o‘z intervyusida terma jamoa Osiyo Kubogiga qiyinchilik bilan hozirlik ko‘rganini aytib o‘tdi.

Keyrushning aytishicha, agar Qatar futbol assotsiatsiyasi ko‘mak bermaganida Eron umuman musobaqaga tayyorlana olmagan bo‘lardi. Endi bo‘lsa Sardor Azmun ham matbuot orqali chiqish qilib federatsiyani yolg‘onchilikda aybladi.

"Federatsiya nima deyayotgan bo‘lsa hammasi yolg‘on. Chunki Espayr akademiyasidagi mashg‘ulot va hamma xarajatlarni Qatar to‘lab berdi. Bizning federatsiyasi esa hech narsa qilmadi".

"Biz musobaqani yakunlab Tehronga qaytishda "ekonom klass"da uchdik, vaholanki bu sog‘ligimizga ta’sir qilishi mumkin, chunki 90 daqiqa yaxshi o‘ynash talab etiladi. Federatsiya shuningdek Ummon va Xitoyni mag‘lub etganimiz uchun ham mukofot puli bermoqchiydi, lekin hech kim miq etmadi. Bizga pul kerak emas, shunchaki federatsiya yolg‘on gapirmasligini xohlaymiz".

"Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bunday sharoitda qanday qilib chempion bo‘la olardik? Qolaversa, musobaqadan oldin hamma Eron chempion bo‘lishi kerak deyaverib bizni bosim ostida qoldirdi", - deydi yaqinda "Zenit" safiga o‘tgan Azmun.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Azmun Eron futbol federatsiyasini yolg‘onchilikda aybladi