19:00 / 07.02.2019
3 559

Cheferin ikkinchi muddatga UYeFA prezidenti etib saylandi

Cheferin ikkinchi muddatga UYeFA prezidenti etib saylandi
UYeFA rahbari Aleksander Cheferin bugun, 7 fevral kuni tashkilotning Rimdagi Kongressida ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga saylandi.

UYeFAning 43-Kongressida sloveniyalik yurist nomzodini barcha 55 milliy federatsiya qo‘llab-quvvatladi.

51 yoshli Cheferin 2023 yilgacha Yevropa futboliga rahbarlik qiladi. U bugungi saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etdi. Da’vogarlar 2018 yil 7 noyabriga qadar ro‘yxatga olingan, shu vaqtgacha faqat amaldagi prezident ushbu lavozimni egallash istagini bildirgan edi.

Aleksander Cheferin tashkil etilganiga 60 yildan oshgan UYeFAning yettinchi prezidenti sanaladi. U 2016 yil sentyabr oyidan buyon Yevropa futboliga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti, UYeFAning Huquqiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Cheferin ikkinchi muddatga UYeFA prezidenti etib saylandi