00:16 / 08.02.2019
4 530

O‘zbekiston Superkubogi nizomi tasdiqlandi

O‘zbekiston Superkubogi nizomi tasdiqlandi
Yurtimizda yangi futbol mavsumini O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkaziladigan uchrashuv ochib beradi.

Mamlakat Superkubogi uchun kechadigan uchrashuvda O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” hamda 2018 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoalari g‘olib chiqish uchun bahs yuritishadi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Superkubogi-2019 o‘yini 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida o‘tadi va soat 15:00da start oladi.

O‘zbekiston Superkubogini o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, g‘olib uchrashuv asosiy vaqtida qayd etiladigan natijaga asosan aniqlanadi. Agar uchrashuv asosiy vaqti durang natija bilan tugasa, har biri 15 daqiqadan iborat 2 ta qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkaziladi. Mabodo qo‘shimcha vaqtda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Qayd etish joiz, Superkubok uchrashuvi vaqtida olinadigan sariq va qizil kartochkalar O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida ham amal qiladi.
O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvlar shu paytga qadar 4 marta o‘tkazilgan.

1999 yil. Navbahor (Namangan) 4:2 Paxtakor (Toshkent)
2014 yil. Bunyodkor (Toshkent) 2:1 Lokomotiv (Toshkent)
2015 yil. Lokomotiv (Toshkent) 4:0 Paxtakor (Toshkent)
2016 yil. Nasaf (Qarshi) 1:0 Paxtakor (Toshkent)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Superkubogi nizomi tasdiqlandi