18:30 / 08.02.2019
6 301

Eldor Shomurodov FIFA e’tiborida

Eldor Shomurodov FIFA e’tiborida
FIFA rasmiy sayti yakuniga yetgan Osiyo Kubogida porlagan yosh futbolchilar haqida maqola chop etdi. Bizni xursand qilgan jihati, sayt xodimlari ushbu ro‘yxatga terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodovni ham kiritishdi.

FIFA sayti Shomurodovga shunday ta’rif bergan: "2015 yil o‘tkazilgan U-20 jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan biri yana porladi. Shomurodov o‘zini Amirliklarda ham juda yaxshi namoyon eta oldi".

"U ayniqsa Yaponiya darvozasiga juda chiroyli gol urdi. Ayni paytda "Rostov"da to‘p tepayotgan hujumchi bemalol keyingi uchrashuvlarda ham O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yordam bera oladi. Undan hammaning umidi katta"

FIFA e’tirof etgan yoshlar orasida shuningdek Almuaz Ali (Qatar), Ritsu Doan (Yaponiya), Kris Ikonomidis (Avstraliya) va Kim Min Jae (Janubiy Koreya) bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov FIFA e’tiborida