23:20 / 08.02.2019
6 715

Yevropada eng ko‘p maosh oladigan murabbiy nomi e’lon qilindi

Yevropada eng ko‘p maosh oladigan murabbiy nomi e’lon qilindi
«Atletiko Madrid» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Top-5 chempionatlari orasida eng ko‘p maosh oladigan bosh murabbiy, deb yozadi Daryo nashri.
Argentinalik oyiga 3,3 million yevro miqdorida maosh oladi.

Angliyada eng ko‘p haq to‘lanadigan murabbiy — «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola. Klub unga har oy 1,9 million yevro maosh to‘laydi.
«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Italiya chempionatida eng ko‘p maosh oladigan mutaxassis hisoblanadi. U oyiga 1,14 million yevro ishlab topadi.

Germaniyada «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach yetakchilik qilmoqda. Myunxen klubi unga har oy 580 ming yevro to‘laydi. Fransiyada esa PSJ Tomas Tuxelga 420 ming yevro maosh bermoqda.

Avvalroq Yevropadagi yetakchi chempionatlar orasida eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar haqida xabar berilgandi.
Izoh: Bunda oylik maoshlar soliqlar to‘lovisiz ko‘rsatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropada eng ko‘p maosh oladigan murabbiy nomi e’lon qilindi