Taniqli nigeriyalik futbolchi Piter Odemvingiye ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi. Kun.uz manbasining tasdiqlashicha, uni «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z klubida to‘p surish uchun taklif etgan.
37 yoshli hujumchini bugun «qaldirg‘ochlar»ning «Buxoro»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini kuzatayotgan «Bunyodkor» murabbiylari bilan ko‘rishgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Abramov haqiqatan ham uni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida chaqirgan, ammo «Bunyodkor» rahbariyatiga bu nomzod bilan shartnoma imzolash varianti ma’qul kelmagan.
Odemvingiye ertaga, 10 fevral kuni Toshkentdan jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Foto: O‘zA
Ma’lumot uchun, Piter 1981 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Faoliyati davomida «Lill», «Lokomotiv» Moskva, «Vest Bromvich», «Kardiff» va «Stok Siti» kabi klublarda o‘ynagan; Nigeriya terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogining uch karra bronza medali sohibi bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Indoneziyaning «Madura Yunayted» klubi sharafini himoya qilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?